BIZ HAQIMIZDA

Assalomu alaykum, mehmon!

nodirabegim.uz sayti 2019 yilda yozuvchi Nodirabegim Ibrohimova tomonidan yaratilgan. Unda o‘zining va boshqa ijodkorlarning yangi ijod namunalari taqdim etib borilishi ko‘zda tutilgan.

Nodirabegim 1989-yil 18-iyulda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2007-2011 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
Nasr va tarjima yo‘nalishida ijod qiladi. Hikoyalari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Yoshlik”, “Sharq yulduzi”, “Kitob dunyosi”, “Ijod olami”, “O‘zbekiston matbuoti” va boshqa nashrlarda chop etilgan. Qisqa hikoyalari 2016 yilda ingliz tilida Hindistonning “Yepisteme” hamda AQSHning “Setu” jurnalida e’lon qilingan. “Azon” nomli hikoyasi turk tiliga o‘girilib, Turkiya adabiy saytlarida chop etilgan. Bir nechta hikoyalari rus tiliga tarjima qilinib, markaziy rusiyzabon gazetalarida e’lon qilingan.
Yozuvchilar uyushmasining 2016 yilgi “Iste’dod maktabi” VIII yosh ijodkorlar seminarida nasr yo‘nalishida faol qatnashgan. Ijod fondi tomonidan 2017 yilda “Yoningdagi baxt” hikoyalar to‘plami 10 ming nusxada chop etilgan.
Shuningdek, “Jodugar yoxud ming yillik hayot” va «Zulm va muhabbat» nomli mualliflik qissalari, “Dunyodagi eng baxtli odam”, “To‘y sovg‘asi”, «Hayotning besh tortig‘i» nomli tarjimalar to‘plami nashr etilgan. “Kaftdagi nihol”, “Drabllar”, “Muhabbatning mangu ertagi”, “Ishbilarmon odamlar” kabi almanaxlarga ijodiy ishlari kiritilgan. 2018 yilda chop etilgan “Mitti hikoyalar: kecha va bugun” nomli kitobning to‘plovchisi va so‘zi boshchisi.
2017 yil noyabr oyida Shvetsiya davlatida o‘tkazilgan “Yevropa ochiq adabiyot festivali va kitob forumi”da finalchilar qatoridan joy olgan.
2017 yil so‘nggida Yoshlar ittifoqi mukofotining nasr yo‘nalishi bo‘yicha “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori” yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan.
2018 yilda “Amarantus” adabiy agentligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda o‘zbek tilidan ingliz tiliga o‘girilgan “Eng yaxshi tarjima” nominatsiyasida 1-o‘rinni egalllagan.
2010 yildan 2019 yilga qadar «Bekajon» gazetasida muxbir lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirda erkin ijodkor.

Oilali, uch farzandi bor.