Iztirobu dardlar men uchun…

0
1326

Boshimizda ming halokatlar kechayotgan bo‘lsa-da Xudo bizga doimo eng xayrlisini yuborgan bo‘lar ekan. Qishlog‘imizda katta dayrovot bor. Unga bir gala qushlar uchib keladi-da, yaqinlashganida pastlab, nimadir olmoqchiday daryoga tumshug‘ini botirib, yana baland uchib ketadi. Bu hol deyarli har kuni takrorlanadi. Ammo daryo hech qachon oqishdan to‘xtagan emas, suvi ham kamaymagan. Qarab turib o‘ylayman, bolaligimda mening o‘z hududim bo‘lar edi. Unda faqatgina orzulari bir olam, Xudo va o‘zidan boshqani tan olmaydigan, ota-onasi tashlab ketgan qizaloq bor edi. Keyinchalik unga nogironlik, manfaatsiz sevadigan do‘stlar, mehribonu oqko‘ngil oila hamroh bo‘ldi. Mening hududim tobora kengayib bordi. Yozmoq saodatiga erishdim, yozmoq baxtini tuydim. Ollohim mening kumush eshiklarimni bekitib, mana shunday hech nega tenglab bo‘lmaydigan oltin eshiklarni ochib berdi. Har bir insonning o‘z hayot yo‘li, o‘z dunyosi bo‘ladi. Mening dunyoim so‘zdan iborat emas, men so‘z dunyosida yashayman. Nolisam bo‘lmas. Kamalakni ko‘rmoqchi bo‘lgan odam yomg‘irlarga turib bera olsagina orzusiga yetishadi. Bugun shundoq qarasam, juda-juda uzoq yo‘l yurib horiganu, nafas rostlagani joy topolmayotgan odamga o‘xshayman. Hammasini teranroq anglayapman, tiniqroq ko‘ryapman. Eng muhimi, oson yashashni o‘rgandim. Dunyoni qo‘yaver,-deyman o‘zimga o‘zim.-Barini Xudoga qo‘yib ber, oldingdagi piyolaga har qancha intilma, unda zahar bormi yoki obi-hayot, bilolmaysan, muhimi, tashnaligingni ko‘rib turgan Mirob bor, agar U istasa, piyoladagi zaharni-da obi-hayotga aylantirib, labingga tutgay… Hamma o‘z hududida bo‘lgani yaxshi.

Baxtiniso MAHMUDOVA

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting