Frida KALO. Maktublar

0
257

Birinchi maktub

 

Senda nega voz kechdim, Diyago.

Yomon kunimda yonimda bo‘lmaganing uchun voz kechdim.

Menga yolg‘on so‘zlaganlaringni anglaganim uchun voz kechdim.

Ko‘zlarimga boqqaningda aslo qalbimga qaramaganing uchun voz kechdim. Menga aytmagan pinxona sirlaring borligini his qilganim uchun voz kechdim. Har tong men bilan uyg‘onish istamasliging, kelajagimizning oxiri yo‘qligi uchun voz kechdim.

Qarashlarimni, fikrlarimni hamda meni qadrlamaganing uchun voz kechdim. Jismimdagi og‘riqlarni tindiraoladigan ishqni, sevgini menga berolmaganing uchun voz kechdim. Suratlarimda ortiq o‘zimni baxtli chizolmadim. Buning sababi nimada bilasanmi?

Unda sen borsan.

Shuning uchun sendan voz kechdim. O‘ta xudbinlik qilganing uchun voz kechdim.

Bularni barini bilib tursamda sendan kecholmas edim. Bilasanmi, mening sevgim ulug‘vor hamda pokiza edi. Barchasini tushunib yetgan chog‘imda sen allaqachonlar mendan voz kechganingni tushunib yetdim. Shuning uchundir balki sendan voz kechdim.

 

Ikkinchi maktub

 

Kechalarim…

Kechalarim ulkan bir yurakka o‘xshaydi.

Soat millari 3:00 da.

Kechalarim oysiz.

Kechalarim derazalardan suzilib kirgan kulrang oy yog‘dusiga termulib boqar.

Kechalarim yig‘laydi.

Tomchilab, tomchilab yosh to‘kiladi.

Bolishlarim namli hamda muzlab qolgan.

Kechalarim shu qadar uzunki xuddi cheksizlik qadar cho‘zilib ketganday.

Kechalarim sening yo‘qliging uchun xuddi siqib chiqarib tashlayotganday.

Seni yonimdagi tog‘larday salobatli xushbo‘y bo‘ylaringni sog‘inib izlayman.

Kechalarim bo‘shliqlar ichra javob beradi.

Kechalarim soviy boshladi.

Kechalarim yolg‘izlikka to‘lib ketdi.

Bir suhbatdosh izlaydi.

Qaydasan, qaydasan, qaydasan.

Xayollarim olis-olislarga ketadi.

Xayollarim olis-olislardan qaytadi.

Birdan parchalanib ketadi.

Borlig‘im hech narsani tushunishni istamay qo‘ydi.

Butun borlig‘im yolg‘iz o‘zingni so‘raydi.

Issiq haroratingda borlig‘im yo‘q bo‘lmoq istaydi.

Bir necha soatlik sokinlikka chaqiradi.

Kechalarim sening yo‘qliging sabab nafaslarim qisadi.

Kechalarim senga tinimsiz sim qoqaman ammo bunda xech qanday sas, sado yo‘q.

Telefon tinimsiz chaqiradi. Sen bilan bo‘lmoqni istayman.

Sening issiq quchog‘ingda bu beshafqat vaqtni unutmoq istayman.

Biroq borlig‘im xech neni anglamay qoldi.

Kechalarim meni ishq olovi ichra yondirmoqda.

Soat  4:30.

Zulmat meni yutib yuboryotganday go‘yo.

Men seni yo‘qotib qo‘yganimni bilaman.

Bu qorong‘ulik bu ZULMAT  xaqiqatni yashirmoqqa aslo kuchi yetmaydi.

Bu haqiqat, bu zulmatda pichoqday yaltirab porlab turadi.

Kechalarim sen tomonga qanot qoqib seni shirin uyqingdan uyg‘otib seni qanotlariga o‘rab men tomonga olib kelmoq uchun qanotlari bo‘lmog‘ini istaydi.

Kechalarim menga o‘git bermay qo‘ydi.

Kechalarim seni uyg‘ongach ko‘rilgan tush deya o‘ylayapti.

Kechalarim qandaydir ichkin yo‘lini yo‘qotib qo‘yganday.

Kechalarim yolg‘izliklarimni, yolg‘izlikda yanada oshiryapti.

Sassizligi meni ichimdagi saslarni his qiladi.

Kechalarim uzundan-uzun.

Kechalarim kuning tug‘ilishidan qo‘rqadi.

Kechalarim chiroyli liboslarni  egnimga  kiyib, juftimni keltirishimni istaydi.

Shuning uchun doim meni tashqariga chorlaydi.

Kechalarim meni telbaga aylanyotganim, tartibsizliklar chiqaryotganimni biladi.

Kechalarim taqiqlangan xar bir narsalar haqida olis o‘ylaydi.

Biroq bir vujudni umidsizliklar ichra qolib ketganidan siqiladi.

Kechalarim meni ko‘zlayotganday uning qarashlari to‘g‘ri ichimga oqib kiradi.

Kechalarim dunyolarga sig‘magan ishqim bilan sening ichinga oqishimni hamda bu yerlarda bo‘lmog‘ingni istaydi.

Kechalarim seni qaytishinga umid qiladi.

Butun bir borlig‘im seni intizor kutadi.

Kechalarim sen bilan meni quvonchdan titrayotganimizni ko‘rishni istaydi.

Kechalarim ikkimizni ko‘zlarimizni ko‘rishni bu ko‘zlarda quvonch porlashini istaydi.

Kechalarim sening qo‘llaringdan tutishni istaydi.

Kechalarim sening yo‘qligingda sassiz nola qiladi.

Kechalarim shu qadar uzun tiyiladi.

Kechalarim aqldan ozadigan darajada bo‘lsa xam seni tasviringni ko‘zlarimdan uzoqlashtirmayapti.

Orzularim aslo o‘lmaydi.

Kechalarim xar doim seni izlaydi.

Butun borlig‘im ikkimizni ayro qilgan masofalarni anglab yetishni istaydi.

Butun vujudim shirin uyqusida seni quchmoq istaydi.

Butun bir vujudim shirin bir uyqudan sening issiq bo‘salaring bilan uyg‘onmoq istaydi.

Kechalarim bundan go‘zal, bundan beshafqat  tushni bilmaydi.

Kechalarim hayqiradi, yelkalarini yirtib tashlaydi.

Kechalarim sukunatni parchalab tashlaydi.

Biroq sen bilan xech birga bo‘lolmadim.

Hech qachon meni eshitmasliging, so‘zlarim rangsizligini tushunib yetdim.

Birozdan so‘ng tong otadi.

 

Uchinchi maktub

 

Seni seva boshlaganimga ancha vaqt bo‘ldi.

Seni seva boshlaganimda yoshgina qizaloq edim.

Hozir bo‘lsa butun vujudi chiriy boshlagan keksa ayolman.

Aslida barcha tanalar chiriydi.

Hamma,  bir kun qariydi. Shu vujud ichida qiynalib azob tortayotgan yuraging bo‘lsa u yana ham tez chiriy boshlar ekan. Meni ham azob tortayotgan yuragim bor.

Seni seva boshlaganimdan buyon azob tortayotgan yuragim bor.

Meni anglamading demayman. Meni anglading zotan eng dahshatli og‘riq bu edi. Meni anglaganing xolda jonimni olovlar ichra yoqding. Men esa seni tushunish istadim.

Butun xayotimni har zarrasini, seni tushunishga bag‘ishladim. Sen qayerga borsang, men ham u yerga bordim. Sen qachon tabassum qilsang, men ham o‘sha lahzada tabassum qildim.

Sen kimni sevgan bo‘lsang, men ham uni o‘zimga yaqin oldim.

Qaysi ayolni sevgan bo‘lsang, uni o‘zimga do‘st bildim.

Sen o‘zga ayollardan neni qidirganingni bilishni istadim.

Sen bo‘salar olgan ayollarni yanog‘idan men ham o‘pdim. Senga yoqmaganlarini ham men sevdim. Nega  ularni yoqtirmaganingni bilishni istadim. Ichimdagi g‘azabimni bosish uchun ham shu ishlarni qildim. Biroq g‘azabim bosilmadi.

Har safar senga oshiq bo‘laverdim.

Har safar senga qaytib kelaverdim.

Balki hech qachon sendan ketmagandirman.

Sen bilan Amerikaga borishimni istaganingda o‘ylanib qoldim. Balki bu mening eng katta xatoyim bo‘lgandir. Sen na men bilan, na boshqa ayol bilan bo‘lolmas eding. Sen hech kimga tegishli emasding. Ruhing bunga izn bermasdi.

O‘zga erkaklarni sevgan bo‘lsam ularning senga o‘xshaganlari uchun balki sevdim. Butun jismim azoblanayotgani uchun ular bilan birga bo‘ldim. Biroq sening farzandingni dunyoga keltirishni istadim. Ming bo‘lakka bo‘lingan bachadonimdan nafratlandim. Bir go‘dakni tuhfa qilmagan bu a’zoni jismimdan yulib tashlagim keldi. Senga bir go‘dakni tuxfa qilmagan, bu a’zoni ko‘tarib yurish juda og‘ir yuk bo‘ldi. Qonlarga belanib oq to‘shakda yotganimda menga achinish bilan qaraganingni ko‘rdim.

Nega bunchalar qo‘rqding o‘lishimdan? O‘lmadim.

Sen azob tortmagin dedim. Sen meni tashlab ketgan kunlar qonlar ichida sening nigohlaringa sig‘indim. Senga dardli maktublar bitdim. Chorasizliklar ichra ayollik qadrim oyoq osti bo‘lgani uchun maktublar  yozdim.

Seni chirkin deb yomonlagan onamni yomon ko‘rib ketdim.

Mendayin sening chiroyinga boqolmagan har bir insonni tushunolmadim.

Menga dunyoning eng og‘ir azobini sen  berding.

Seni seva boshlagan ilk kunimdan boshlab men o‘lib bo‘lgan edim. Bilaman bir kun butun jasadim chirib yo‘q bo‘ladi. Shunday taqdirda ham, sevgilim.

Bu dunyoga yana qayta kelsaydim seni sevgan bo‘lardim .

 

  Muslim Musallam tarjimasi

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting