1. Jeyn Kempion. Mashhur filmlari: «Svyash’enni’y di’m», «Pianino», «Vlast psa».
1993-yilda «Pianino» filmi uchun Kann kinofestivalining bosh sovrini bilan mukofotlangan. Rejissyorning filmlaridagi asosiy mavzu to‘liq hayot kechirishga intilayotgan, lekin o‘zlarini patriarxatning temir zanjirlari bilan bog‘lab qo‘ygan ayollarga e’tibor qaratadi.
2. Selin Syamma. Mashhur filmlari: «Vodyani’e lilii», «Portret devushki v ogne», «Malenkaya mama». Fem-aktivist Selin Syamma o‘z kinolarida gender va jinsiy o‘ziga xoslik masalalarini o‘rganadi. Syamma asosiy ilhomlantiruvchi ikonalari sifatida surrealist Devid Linch, feminist- rejissyor Chantal Akerman va yozuvchi Virjiniya Vulf nomlarini keltiradi.
3. Juliya Dyukorno. Mahshur filmlari: «Si’roye», » Titan». Dyukorno asosan Bodi-horror janrida Zegmund Freydning o‘lim haqidagi qarashlari bilan uyg‘unlashtirib filmlar suratga oladi. Uning «Titan» filmi Kann festivalida bosh mukofatni qo‘lga kiritgan.
4. Xloya Chjao. Filmlari: «Nayezdnik», «Pesni, kotori’m menya nauchili bratya», «Zemlya kochevnikov». Xloya Chjao filmlarida lirikaga boy, asosan AQSH g‘arbidagi autsider va bechora insonlar haqida hikoya qiladi. «Zamlya kochevnikov» filmi 2020-yil Oskarda eng yaxshi rejissorlik uchun mukofat bilan taqdirlangan.
5. Jennifer Kant, filmlari: «Babaduk», «Solovey», «Kabinet redkostey Gilrmo del Toro: Marmuratsiya. Avstraliyalik Jennifer Kant asosan filmlari horror janrida ijod qiladi. Huddi Ari Aster, Robert Eggers kabi. Uning «Solovey» filmi 75-Kann kinofestivalida hakamlarning maxsus mukofati bilan taqdirlangan.
6. Andrea Arnold, filmlari: «Krasnaya doroga», «Amerikanskaya malishka», «Korova» bu rejissyor 90-yillar mustaqil kinoning yulduzlaridan hisoblanadi. Qisqametrajli «Osa» filmi Oskar mukofati bilan taqdirlangan. «Akvarium», «Amerikanskiy malishka» filmlari esa Kannda hakamlarning maxsus mukofati bilan taqdirlangan.
7. Afina Raxel Tsangari, filmlari «Attenberg», «Kapsula», «Shevalye».
Rejissyor kinemotografiya tarixidagi Grek «yangi to‘lqini»ning asoschilaridan biri. Rejissyor Afinada shaxsiy «Haos Film» studiyasini tashkil qilgan. Kinolarida esa har doim mantiq qonunlarini buzadi.
8. Linn Remsi, filmlari: «Kri’solov», «Chto-to ne tak s Kevinom», «Tebya nikogda zdes ne bi’lo». Linn Remsi ijodida asosan effektiv vizuallik, his-tuyg‘ularning yuqori darajasi va og‘ir psixologizmni uyg‘unlashtiradi.
9. Greta Gervig, filmlari: «Ledi Berd», «Malenkiye jensh’ini’». Greta Gervig filmlarida isyonkorlik ruhiyati, feministik kayfiyatini uyg‘unlashtirib, istalgan genderniy stereotiplarini buzadi.
10. Sofiya Koppola, filmlari: «Devstvennitsi’-samoubiysi’», «Trudnosti perevoda», «Rokovoye vlecheniye». Sofiya Koppolaning ijodida asosan Melanxolik intonatsiya, shoshilinch ritm va ayolni o‘rganish rejissyorning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Samandar Egamberdiyev