Alla bo‘lib qulog‘imga kirgan tilim,
G‘azal bo‘lib sabog‘imga inggan tilim.
Gullab-yashnab ko‘z-ko‘z etding jamolingni,
Dilim yayrar ko‘rib yuksak kamolingni.
Bobur mirzo sog‘inchida yig‘ladingmu?
Amir Temur ag‘yorlarin tig‘ladingmi?
Ona tilim, boqiy tilim, jon tilim,
Yillar osha yashnab turgan xon tilim.
Seni asrab-ardoqlayin shirin so‘zlab,
Xazinangga yo‘l axtargum durlar izlab.
Ona tilim, go‘zal tilim, jon tilim,
Har lutfida bir siri bor xon tilim.
Zahro Hasanova,
Bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan adabiy-badiiy bezakli «Gulxan» jurnali bosh muharriri