Ket

0
412

(fristayl)

Ket.

Aqlli ket.

Hozir

Shunchaki

Ket.

Hammadan voz kechib

Ket.

Qolma bu yerda.

G‘alati bu yer.

Rasvodir bu yer.

Ket.

Endi ket.

Ketishga

Ixtiyoring bo‘lishi bilan

Ket.

Imkoning bo‘lishi bilan

Ket.

Qarama ortga.

Eslama.

Unut endi.

Barini unut.

Tushingga ham kirmagandek

Eslama ularni.

Endi ket.

Aqlli ket.

Hozir ket.

…va biroz yasha.

***

Ular

Seni sevmaydi.

Ishonma ularga.

Ular seni aldayapti.

Sevgi bunaqa bo‘lmaydi.

Sen ketishing kerak

Hozir.

Aqlli ketishing kerak.

***

Ishonma ularga.

Gapiraveradi ular.

Sen qarama ularga

Ular tomon

Boshingni burma.

Sen ularni tinglama

Eshit faqat

Eshitish ham qanaqa —

Ularga qarab

Xuddi tinglayotgandek

Jim qarab turaver

Ularga.

Ular esa gapiraveradi.

Sen esa ulardan ketishing kerak

Shuni tushun.

Sen

Hozir

Ket.

Aqlli ket.

Ular baribir seni sevmaydi.

***

Eshitma ularni

Ularning oldida turma

Tushunyapsizmi…

deb,

Gapiraverishadi…

Gapiraverishadi…

Ularga

Ketmasang bo‘ldi,

Ular seni qoldirmoqchi emas

Ammo, ketmasang bo‘ldi ularga

Ular shunaqa g‘alati bo‘ladi

Na seni sevmaydi

Na seni qolishingni so‘rashadi.

Ammo, ketma deyishadi.

Tupur ularga.

Sen hammadan voz kech

Va aqlli ket.

Sen ularga ayt

Ketishingga imkon berishsin

Yo‘llarni yopishmasin

Uchishni taqiqlashmasin.

Ularni eshitgandek

Ularga qarab

Eshitgandek bo‘lib turaver

Va imkon bo‘lishi bilan

Ket.

Hozir ket.

Aqlli ket.

Sen ketishing kerak.

***

Boshingni og‘ritishmasin seni

Bosh faqat senda bormi, deyishmasin

Agar aytishsa

Ayt

Ha, bosh faqat menda bor, deb ayt.

Boshing borligi uchun ham

Sen ketmoqchisan

Sen ket.

Hoziroq ket.

Ularning oldida turma.

Ket.

***

U sen bilan ketmaydi.

Nima sen, u men bilan ketadi, deb o‘ylaysanmi?

O‘lib qolsa ham

Sen bilan ketmaydi.

Chunki sen ketmoqchisan

Ularga esa ketadiganlar yoqmaydi.

Ayniqsa

Aqlli ketadiganlar.

Sen esa ket.

Kutma ularni.

Yalinma ularga.

Birga ket deb.

Ularni qoldir

Va sen ket.

Ular senga kerak emas.

Ular senga zarur emas.

Ular seni

Zotan

Sevmaydi.

Sen esa ket.

Ular esa

Zotan

Baribir

Sevmaydi.

Sen esa ket.

Hozir ket.

***

Nega o‘zi ular sevmadi.

Yo‘q, sen tahlil qilma.

O‘ylama ularni.

Ular kerak bo‘lsa

O‘zini o‘zi tahlil qilsin.

Seni vaqting yo‘q

Ularni tahlil qilishga.

Sen ketishing kerak

Sening vaqting

Faqat ketishga qolgan.

Sen chiroyli ket.

Aqlli ket.

Vaqtida ket.

Xullas,

Ket.

Hozir ket.

***

Ketsam bo‘ladimi, deb so‘rab o‘tirma

Balo bormi so‘rashga.

Nima

Umringni senga

Ular berganmi?

Hayotingni senga

Ular berdimi?

Jonni senga

Ular berdimi?

Yuragingnichi?

Asra yuragingni ulardan.

Ket.

Hozir ket.

Yuragingni asra ulardan.

Yurak bir marta beriladi insonga.

Bitta sen

Bitta yuraging

Hozir ket.

Ket deyapman senga.

Ket.

Aqlli ket.

Chiroyli ket.

Ket.

***

Shartta yuragingni olginda

Ket.

Ularga qoldirma o‘zingni.

Ketayotgan yuragingga qarab qolsin

Muzliklar.

Seni sevmaydigan

Muz aholisi.

Ket ulardan.

Qara hammayog‘ingni muz bosib ketipti.

Muzlardan qoq o‘zingni.

Silkinsang

Muz parchalari sochilib ketsin

Atrofga.

Ketayotganingda qolmasin senda muz.

Yo‘lda ketayotib erisin sendan muzlar.

Sen ket.

Hozir ket.

Aqlli ket.

***

Hozir kelaman,

deginda,

Ket.

Shu yerda turib turinglar

deginda

Ket.

Ketib yubor.

Qaytma.

Biz zotan

Qaytmay

Ketish haqida gaplashyapmiz.

Qaytsang

Ketishga balo bormi unda.

Biz

Tugal ketish xaqida

Tamoman ketish haqida

Butunlay

Muqarrar

Aniq

Va aqlli

Ketish haqida

Gaplashmoqdamiz.

Sen ket.

Gaplasha turib

Ket.

Eshitib turib

Ket.

Hozir, bir daqiqa

deginda

Ket.

Seni ketmaydi deb o‘ylashsin

Ketadi deb

O‘ylashsa ham

Bir tiyin.

Nima deb o‘ylashlari

Zotan

Ular o‘ylab bo‘lishdi.

Vaqt hozir

Faqat

Sening ketishingga qoldi.

Boshqa hech narsaga

Vaqt qolmadi.

Ket.

Muz aholisidan

Ket.

Muzlama boshqa.

Oh,

Yurakni isitish

Qayta

Yurakni isitish

Mayli, o‘ylama

Avval ket.

Keyin bular.

Bularning bari keyin.

Sen hozir ket.

Aqlli ket.

Ket.

***

Ortingdan

Qarab qolishsa ham

Ket.

Ortingdan

Yig‘lashsa ham

Ket.

Ular

Yolg‘on yig‘layapti.

Ular senga o‘xshab

Rost yig‘lamaydi.

Jinni bo‘lma

Ularga ishonma.

Sening ko‘z yoshlaringga o‘xshamaydi ularning ko‘z yoshi

Ularning ko‘z yoshi

Sun’iy yoshdir.

Qarama ortga.

Nima sen, ular menga o‘xshab rost yig‘laydi, deb o‘ylaysanmi

Jinni bo‘lma.

Ket.

Hozir ket.

***

O‘zing keta turib

Yig‘lab yuborma yana

Oh,

Balo bormi

Ularga yig‘lab

Ular sening

Na kulging

Na ko‘z yoshingga arzir.

Ular sening

Ketishingga arziydi faqat.

Sen faqat

Ulardan ket.

Ular sendan

Faqat

Ketishni ko‘rsin.

Ket.

Hozir ket.

Aqlli ket.

***

Nega ketdi

deb o‘ylashsa ham.

o‘lib ketishmaydimi endi

Sen lekin ket.

Achinma ularga

Zotan ular

Hech achinadigan holda emas.

Yuragingga kim achinadi unda

Muz bosib ketgan yuragingga.

Ket ulardan.

Tashlab ketdi

deyishsa ham.

Ket.

O‘ylama ularni.

Sen ketishing kerak.

Bo‘ldi endi

O‘lguningcha

Qolma ularning yonida.

Ular seni sevmaydi-ku.

Zotan,

Ular seni sevmadi.

Qachondir ketishing kerak edi baribir.

O‘sha qachondir degan sana

Bugun.

Hozir.

Ket endi.

Ket.

Hozir ket.

***

Haliyam shu yerdamisan?

Endi

Ket…

***

Sen baribir ketmoqchi eding-ku to‘g‘rimi?

Endi ket.

Ular seni sevmaganiga

Battar bo‘lishsin.

Sen esa ket.

Ko‘zing uchgani yo‘q ularga

Ular qolsin o‘zi

Ularni o‘ziga qoldir

Ular —

Seni sevmaydigan

Ahmoqlardir.

Qoldir ularni

O‘z ixtiyoriga.

Ixtiyori bilan

Qo‘shmozor bo‘lishsin.

Sen esa

Ularning yonida qolma.

Ayt

Men ketaman, de

Dam olish ma’nosida

Damingizni oling, de

Ket ulardan.

Hozir ket.

Aqlli ket.

Ortga qarama.

Ket.

***

Keyinroq ketarsan

deyishsa

Aldanma ularga yana.

Yana ular seni aldayapti

Sen o‘lguningcha

Aldanma

Yasha biroz

Rost yasha

Biroz rost yasha…

Ularsiz yashasang

Rost yashagan bo‘lasan

Ulardan sen

Hozir ket.

Ular

Seni sevmaydigan

Yolg‘onchilardir.

Ulardan

Yuragingni olginda

Tez ket.

***

Qolsang ham bo‘lardi, deyishadi senga

Bo‘lmaydi, de!

Qachongacha bo‘ladi deysan?

Bo‘lmaydi!

Ket endi.

Ket.

Ularning

Unaqa edi,

Bunaqa edi,

degan jinnicha gaplarini eshitma.

Sovuqligini qara ularni.

Gaplari seni muzlatadi.

Gaplaridan muzlab qolasan.

Eshitma ularni

Ular o‘zining

Gipotezasi bilan

Qo‘shmozor bo‘lsin.

Sen ket hozir.

Ket.

***

Ertami

Kechmi

Ket.

Sen ketishing kerak.

Ertalabmi

Kechqurunmi

Ket.

Iltimos

Ketgin.

Ket ulardan.

Ular seni boshqa

Topa olmasin.

Sevishlarini

Kutma.

Ular baribir

Seni sevmaydi.

Sevsa zotan

Bittada sevardi.

Qolgani esa

Absurd narsalar

Ortiqcha umid

Ahmoqona umid

Absurd umid.

Sen ma’noli ish qil

Ket.

Ularni kutishing

Bu ularga juda ko‘p.

Ular kim bo‘pti o‘zi?

Sen esa kimsan!

Arziydimi ular senga?

Yo‘q, albatta!

Shuning uchun

Ket.

Hozir ket.

Iltimos, ketgin.

***

Adabiyotini

O‘ziga topshir.

Falsafasini

Fikrlarini

Boshiga sol.

Sen o‘zingni

Olib

Ket ulardan.

Sen buni qilasan

Uddalaysan buni.

Yuragingni

Muzliklardan olib ketasan

Issiq o‘lkalarga!

Oh

Ularga aytma qayerga borishingni.

Sen shunchaki

Ularni tark et.

Ket ulardan.

Hozir ket.

Ketgin.

***

Mayli,

Seni insonlar

O‘lgan deb eslasin

Ketgan deb eslasin

Qaytmaydi deb eslasin

Tupur ularga

va ket.

***

Bu yerda jahl yo‘q

Hotirjamlik ham

Bu yerda

Faqat

Ketish bor.

Ketish haqida

Ushbu yoziqlar.

Sen esa

Ket.

Hozir ket.

Ahmad Ali Dilmurod

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting