О‘RTA YER DENGIZI BО‘YIDAGI GURUNGLAR

0
360

Turk dunyosida adabiy yо‘lda izlanayotgan, qardosh xalqlar bilan aloqalarni mustahkamlayotgan ijodkorlar talay. Shulardan biri yozuvchi va tarjimon ham jurnalist Arslan Bayirdir.

1958-yilda Antaliyaning Alaniya shahri Bayir maskanida tug‘ilgan bu insonning yozgan hikoya va ertaklari, о‘ziga xos uslubdagi she’rlari Turkiyada о‘z о‘quvchilariga ega bо‘lib ulgurgan. Bir qancha xalqaro adabiy mukofotlar bilan taqdirlangan, ijodiy ishlari о‘zbek, qirg‘iz, qozoq, uyg‘ur, turkman, ozarbayjon, arab, fors, tojik, ukrain, moldovan, rus, nemis, litva, boshqurt, bolgar, polyak, hind, tatar, yoqut, balkar, koreys, yunon, gagavuzca, mо‘g‘ul, ingliz, chuvash, nemis kabi kо‘plab tillarida nashr etilgan ijodkorning xorijdagi dо‘stlari, suhbatdoshlari ham aynan shoir va yozuvchilardan ekanligi shundandir.

Ancha yillardan buyon “Guncel Sanat” (“Zamonaviy san’at”) nomli jurnalning bosh muxarriri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan ijodkor jurnal sahifalarida qardosh xalqlar ijodiga keng о‘rin beradi. О‘n beshdan ortiq mamlakatlarga yetib boradigan, minglab о‘quvchilar auditoriyasida о‘qiladigan jurnal sahifalarida yaqin yillar mobaynida 300 dan ortiq о‘zbek adabiyoti vakillarining ijodi chop etilganligi buning dalilidir. Jurnal orqali ustoz adiblarimiz hamda zamondosh ijodkorlarimiz tarjimalarini muntazam qardosh xalqlarga taqdim etib kelayotgan Arslan Bayirning О‘zbekiston haqidagi iliq fikrlari, yorqin taassurotlari bor:

–  Men bu mamlakatda bir necha marta bо‘lganman. Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida yurganimda bu yurt xalqining she’rlari nega bunday tarovatli ekanligini anglaganman. Chunki gо‘zal vatanda yashaydigan kishining qalbi ham chiroyli bо‘ladi. О‘zbek yozuvchilar bilan hamisha muloqotdaman va ularni bag‘rikeng inson va baland iste’dod egalari sifatida hurmat qilaman, – degan edi dо‘stimiz Arslan og‘a biz bilan suhbatda.

Har safar xorijdagi dо‘stlarimizni eslaganimda moviy tо‘lqinlari quyosh nurida yal-yal yonib mavjlangan О‘rta Yer dengizi bо‘yida sayr etadigan minglab kishilar ichida yangi rejalari, ijodiy yangiliklari yuzasidan biron bir munosib suhbatdoshni topib, turkona choy ustida gurung berayotgan Arslan Bayir kо‘z oldimga keladi. Bu gurunglar bardavom bо‘lishini tilayman.

Nargiza Asadova       

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting