Vu Min Chau. She’rlar

0
524

Vu Min Chau — Vyetnam shoiri. 1953 yilda tavallud topgan. Vyetnam Yozuvchilar asossiatsiyasi a’zosi.

TANLANGAN SHE’RLAR

(SELECTED POEMS)

  1. Tonggi quyosh shu’lasi

(Morning sunshine)

Osmon, bulutlar, suvlar

Orasida sokinlashib tafakkur

Yuritar hayot haqda mulohaza.

Muhabbatim garchand

Teran va ehtiroslimas

Bosh ko‘taraman

Hanuz qarshilash uchun

Tonggi quyosh shu’lasini.

Moviy toshli bilaguzuk

(Blue stone bracelet)

Bilagingga taqaman

Moviy toshli bilaguzuk

Tomchilari zalvorli

Garchi yomg‘irning 

Yoki qaynoq quyosh nurlari

Moviy ko‘rinar ular

Xamon singib rangiga chuqur.

Bilagingga taqaman

Moviy toshli bilaguzuk

Seni bag‘rimga bosganim kabi

Va unga boqqaningda har gal

Quchog‘im haqida suradirsan o‘y.

Bilagingga taqaman

Moviy toshli bilaguzuk

His qilaman mana

Bag‘ringni taftini men ham

Qiyin tus olsa-da

Garchi kun kelib hayot

Sevgim sen bilan bo‘ladi mudom.

Nxat Le, sevimli dengiz

(Nhat Le love Sea)

Nxat Le, dengizim

Senga qaytishni qildim ixtiyor.

Qayerdasiz sho‘rtak to‘lqinlar?

Garchi bo‘lsang-da sen

Suvi shirin yoki tuzga mo‘l

Biz bir butunmiz

 Porlashi uchun har tong ishqimiz.

Iroda bor yerda, yo‘l bor

(Where there’s a will, there’s a way)

Istagim shu-

Inson bo‘lmoq ziyoli

Va mehri daryo

O‘rganmoq, ishlamoq qattiq

Tunni tun, kunni kun demasdan sira.

Yo‘l bordir iroda bor yerda

O‘z uyimiz, vatanimiz uchun

Zarhal kitobdan

Shu yo‘l sochib turar nur. 

Ingliz tilidan Sherzod Ortiqov tarjimasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting