
Adonis (Ali Ahmad Said Esber)
Suriya
esse
Bolaligimdan beri manzili meni haliyam adashtirayotgan yo‘lda ekanligimni his qilib kelayapman. Yoz quyoshi ravshanligiga qaramay, yana bir mavhumlik. Yig‘layotgan atirguli soyasida men tug‘ilgan Qassabindan boshlanuvchi yo‘lim — ikkilanish, ehtiyotkorlik va dovdirash tufayli tanlangan izlam edi. Tongning yuzini sovuq suv bilan yuvganimdan so‘ng darhol ohangi iltijoga o‘xshash so‘zlar bilan uni tark qilganimni eslayman.
Ilgarilari men reallikda emas, balki xayolimda bu yerdagi daraxtlar oshiq qadamlarini eshitganliklari haqida o‘zaro so‘zlashayotganini hikoya qiluvchi ovozlarni tinglab baxtli edim. Tasavvurimdagi boshqa tasvirda esa ular baxtiyorlikdan raqsga tushganicha o‘sha oshiqning derazalari tagidan o‘tayotganini uy ichidan kuzatishi to‘g‘risida aytishardi.
Yo‘l qattiq va momotaloq, agar kimdadir oyoqlar o‘rniga echkining tuyoqlari bo‘lsa ham kesib o‘tish mushkul uni.
* * *
Bog‘imiz bo‘lmagan. Uyimiz qarshisidagi maydon hamisha chanqog‘idan shikoyat qilardi. Qishdan o‘zgasida uning lablari doim quruqshagan, tomog‘i changga to‘lgan bo‘lardi.
* * *
Ayni dam esa bolalik kunlarimni eslasam ajablanib ketaman. Men oddiy qishloq sharoitida qishloq odamlari orasida ulg‘aydim. Hech qachon ularning o‘lim ularni qo‘rqitib qo‘ygandek yoki ular o‘limni qo‘rqitib qo‘yishgandek gapirishganini eshitmaganman. Hammasi kelasi bahor haqida qanday gapirishsa, u to‘g‘risida ham shunday gapirishardi. Hayotiy tajribaga egaroqlari esa ziyonsiz tasodif yoki oddiy hodisa sifatida qabul qilishardi faqat.
Ajablana boshlashimning sababi shuki, bu innervatsiya, bu o‘limdan boxabarlik meni qanday topdi? Nima uchun har qadamimda, har harakatimda meni kutib turganday undan muttasil qo‘rquvchi go‘dak edim?
Buning qanday sodir bo‘lganini bilmayman, ammo qishloqdagi odamlarga noma’lum bo‘lgani holda uning menga ko‘proq daxldor bo‘la boshlaganini, ya’ni bu adolatning boisini oz-ozdan anglay boshladim.
Ehtimol, mavjudlik ular uchun qandaydir struktura yoki she’rning yaxlit tuzilishi kabi, yaxlit tarkib deb o‘ylagandirman. Tug‘ilishning ibtido, o‘limning intiho bo‘lgani kabi, she’rning muqaddima va xotimasi ham bir to‘lqinda birlashadi.
Mening tabiatim qishniki va o‘zga fasllarniki tasvirlaru badihalarmi?
Qadim tashvishlar yoz hukmronligi payti qaytadi, shu sababdan o‘lim qishning yaratig‘i deb hisoblardim. So‘rovim boisi aynan shu.
* * *
Yozning boshlari, ya’ni ayni shu payt daraxtlarning ostida qishloq bolalari bilan kamalak yerga qadam qo‘yar vaqti uni bandi qilish uchun chirangan lahzamizni esga soladi.
* * *
Uni uyimiz oldidagi tamaki maydonida ko‘rgandim. Kamalak ikki qutbdan ko‘tarilib turar, biri maydondan, boshqasi esa ancha uzoqlardan boshlangandi chamamda. Yo menga shunday tuyulardi. Quyosh kul rangli qora va oq iplar bilan bezatilgan, yuzining bor yo‘g‘i yarmini yopuvchi chimmat tashlab olgandi.
U yerda Rembo ko‘rgan, lekin nom bermagan kamalak haqida menga eslata oladigan na quyonning, na o‘rgimchakning makoni bor edi.
Tamakilar yig‘ib olindi.
Yerning yalang‘och badanida bamaylixotir yotgan bir nechta o‘t-o‘lanlar qoldi, xolos. Kamalak ranglari bilan ularning atrofidagi g‘ira-shira ranglar omuxta bo‘lib ketdi: yashil, qirmizi, kulrang, sariq, jigarrang. Bari uni ko‘rgani kelgan bolalarning nigohlari bilan qorishdi so‘ng.
G‘ira-shira tuman bulutning siyohidan toma boshladi, bu asli dalalarga yuborgan maktublari uning.
Bulutlar osmonni qurshab oldi va quyosh kelasi sahargacha yotog‘iga sho‘ng‘idi.
Deyarli butun kunni kamalakning qaytishini kutib o‘tkazdim, ammo ko‘rinish bermadi hech. O‘zimcha tasavvur qildim: balki, ob-havo ko‘zyoshlar ko‘liga aylanib ulgurgandir.
* * *
Dehqonlar quyosh kelib soyasida hordiq chiqaruvchi daraxtlarga o‘xshashadi: saharlab tongni boshlab kelishadi-yu, uning kelganini dalalarda e’lon qilishadi, hatto o‘sha kuni Muqaddas kun bo‘lsa ham.
Muqaddas kun qayergadir tashrif buyurish emas, deyishadi ulardan biri.
Muqaddas kun bizning hech qachon sodir bo‘lmaydigan tasavvurlarimizga sayohat qilishimiz.
Muqaddas kun javob ham emas, deydi o‘zgasi qo‘shimcha qilganicha, aslan u bo‘g‘zimiz shakliga kirib ulgurgan savol.
Muqaddas kun — vujudimiz ichiga quvg‘in qilingan vujud.
Muqaddas kun bu — dala.
Dehqonlar… Ularning qadamlari yo‘lning momotaloqlariga surkaluvchi malham.
* * *
Bolaligimdan beri eshik ortida meni nedir kutib turibdi. Har safar qishlog‘im Qassabinga kelganimda uni his qilaman, biroq ko‘rinish bermaydi u.
Bir safar aytganding «eshik ortida kutaman» deb. So‘ng bolaligimga qorishib ketding. Endi ikkingizni qandayin farqlay?! Javoblandim.
Vaqtdan uning ma’no marvaridini yopuvchi qobiq bo‘lib shakllanishidan boshqa hech ne kutmadim.
Ma’no bo‘yunsundiradi, toshiradi va muallaq ushlab turadi vaqtni. Vaqt xotiralar uchun kema, xolos.
Tasavvur, meni o‘zingga omuxta qil.
Tongda dengizdan na bir kalom yo‘qladi meni.
Na tunning bir parchasi xonamda qolgan.
Ingliz tilidan Salimjon qizi tarjimasi.
Javoblandim. nima degani? til munosabatida javoblanib bo‘ladimi?
Ma’no bo‘yunsundiradi, toshiradi va muallaq ushlab turadi vaqtni. Vaqt xotiralar uchun kema, xolos.
o‘zbekcha emas!