Ivo Maldonado. She’rlar

0
184
ko'rishlar soni

Ivo Maldonado — Chililik shoir va noshir. 1978 yilda tug‘ilgan. Chilidagi Bio-Bio universitetini ijtimoiy aloqalar yo‘nalishi bo‘yicha, Chili Davlat universitetini esa Teatr va dramaturgiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. She’rlari ingliz, arab, italyan, fransuz kabi tillarga tarjima qilingan. Quyidagi she’riy kitoblar muallifi: «Anamor — fosis» (2000), «Little Anthology of Nothing» (2007), «When trees forget about Autumn» (2010)  va «Tribute to Ashes» (2014). 

Marmar kema

(Marble Ship)

Vujudimda yashaydi ko‘z yosh

Unda kamol topadi 

Baliqlarga to‘la ummonda suzib

Bo‘ronga duch keladigan qayiq ohangi.

Vujudimda yashaydi qaldirg‘ochlar sayyorasi

Va chizib tashlangan chiptalar

Unda kamol topadi

Ta’qiqlangan shahar uzra qo‘yilib

O‘z to‘riga o‘ralashgan ko‘prik qismati.

 Nomus peshtog‘i

(Arch of Honor)

Sen havodagi butxonasan

Yomg‘irni xush ko‘ruvchi qushlarimni

Ozuqa bilan ta’minlaydigan.

Tomiringda oqayotgan qon esa

Taxta ko‘prikdir katta tezlikda

Men sayohat qiladigan.

Sevimli so‘zlardan olisda

(Far from the beloved words)

Bu markali qartalar o‘yinida asqotadi

Barmoqlaringdan ko‘ra tishlaring

Sening isming-ishora

Mening zabonim-labirint.

Men seni yagona choram bo‘lgan

Haqiqat bilan aldadim

(Chog‘lanma javob berishga)

Go‘yo bog‘ingdagi quyosh qiyofasiga kirib.

Chalkash nuqtai-nazarlargina

Birdamlikda tutib turar dunyoni

Alkimyogar ziyosi aylar charog‘on

Oppoqqina sahifamni.

Baraban minora

(Drum Tower)

Nigohingda shu’la taratayotgan

Shaharni o‘chiraman.

Chaqmoq shunchaki sadaqa edi

Yerning to‘rtta eng ahamiyatli

Nuqtasiga uloqtirilgan.

Men qaytaman na qolgan soniyalar-u

Na yo‘qotilgan quchoq uchun

Shitirlash-yagona yukim

Tegishliman deb bilgan o‘zimni.

Erkalash-chi topilgan o‘ylab

Bir siqim lahzalar mavjud bo‘lgan

Milyon nusxasidan chala orzularning.

Bo‘rilar istilosi

(The invasion of wolves)

Bahorni vayron qiladigan 

Atom bombasi asli yo‘q narsa

Yenga olmagani kabi

Ko‘zoynakli inson chaqmoqni.

Shu tarzda ko‘tarilamiz

Zulmatning chorrahasiga

Toshlardan anqiydi tutun.

Qarshi tura olmaydi

Tabiatga hech qanday urush

Yiqilish mumkin jarlik sari

Yorug‘likdan ko‘z qamashib

Qor odatda qoramtir shunga

Peking*da so‘nayotgan shu’la yanglig‘. 

Peking-joy nomi.

Ingliz tilidan Sherzod Ortiqov tarjimalari

Javob yozing

Izoh yozing
Ismingizni kiriting