Melissa Del Mar. Ballada

0
302
ko'rishlar soni

Melissa Del Mar — Meksikalik shoira. Monterrey Texnologiya universitetini mediya va kommunikatsiyalar yo‘nalishini tamomlagan. 2019 yilda Meksikaning San’at va adabiyot milliy institutining diplomini qo‘lga kiritgan. 2021 yilda “Woman Tec Award” mukofoti laureati bo‘lgan. She’rlari Lotin Amerikasi va jahonning bir qancha nashrlarda, jumladan “Buenos Aires Poetry”, “New York Poetry“, Conecta”, “EL Universal”, “Reforma”, “Milenio”, “MasCultura de Librerias  Gandhi“ kabi onlayn va bosma jurnallarda nashr qilingan.   

Naxuales*ning co‘nishi

(ballada)

Senga qadaladi nigohim

Qizlarimizni

Nostalgiya ilinjida zor qilgan

Tonakcochilko** qornida

Ko‘tarilgan chang to‘zondan yiroqda

Axueuete*** barglari ko‘zdan yo‘qolgan joyda

Yodda tutmog‘im lozim bo‘lgan istakdek.

Sening aks sadong

Suv ko‘tarilgan paytidek

Tarqaydi chayqalganicha

So‘qir qizil siynali belgi

Tungi qaytishing haqda etadi voqif.

Eslayman toshga muhrlangan

O‘zgalar e’tiborsiz qoldirgan hijratingni

Kutganimcha quyosh olamga keladigan

Kindikdagi yassi tepaligingni quchmoqni.

Achchiq zamin qars etadi…

Faryod uradi o‘zini tanitmoq uchun

Xuddi sen turgan tik qoyalar o‘rtasidagi

Bugun ular meros sifatida oladigan unvondek

Haligacha nomsiz o‘limlar yanglig‘.

Men his qilaman

Sen bo‘lgansan bunyod

Urug‘i quruq g‘azabdan iborat bo‘lgan

Bu yo‘nalishli zamin ustida

Sanqib yurgan ruhlarga taqlid qiluvchi

Fumarola****da turgan  daraxtdan.

Ilg‘ayman…

Taom tayyorlanadigan ichak chavoqlaringda

Men ishratni topgan sahro o‘rtasida

Xuddi ildizlar bo‘ylab yayov ketayotgan soyangni

Go‘yo hozirgina  bu yerda bo‘lib ketganingdek.

Kuauksochitl*****..

Qizil, muhofaza qilishni maqsad qilgan

Sochlaring orasidagi tikon misolida

Yoqimli adashgan iforni 

Manglayingdan haydayman 

Va sen aylanasan bizda mavjud bo‘lmagan

Ramzlar bilan ulug‘langan

Tungi samoviy ustunlar aro

Dam shirin etilgan

Dam maza bilan boyitilib shunchaki

Achchiq qilingan zulmatdagi tog‘ iforiga.

Shu kifoya qiladi bil’aks

Borliginni anglamoq uchun

Anglamoqqa ohangdosh tillar-u

Boshqa tillar senligin

Anglamoq uchun ona tillarni

O‘z tilingni

Bir-birimizni zabonsiz anglamoq uchun

Anglamoq uchun og‘riqni

Anglamoq uchun baayni sen kabi

Tirik ekanimni.

Mistikaga mo‘l zamin

His qilaman xushbo‘y bo‘yingni

Taralaman ter va nafas yog‘dirilgan

Oftobda qoraygan

Yoqimli hiding va quruq qumli tanang-la

Va ishonaman senga

Hech qachon o‘zimniki bo‘lmaydigan og‘zingdan

So‘zlar bilan birga chiqadigan va’zlarga

Va’zlarki kun davomida

Qulayotganida tanani erkin qoldiradigan.

Sen soatlarni bo‘g‘ib tashlaysan

Doimgidek nimadir so‘rab olmoq-chun

Menga talpingan qo‘llaring ila

Ular seni unutmoqqa chog‘langanda

Qa’riga tushasan

Hukmronlik qilasan

Hayratda qotasan

Tez fursatda qora qon bilan

Qo‘llarda aksi ko‘rinadigan

Oy ostida tushasan raqs  

Va sen topasan

G‘amgin singillaringga o‘xshash

O‘lik gullarning chirkin hidida

Hanuz o‘zing erishgan

Sabotning manbasi bo‘lgan kuchni.

Yuragim seni deb uradi

Toshlardan sizib chiqqanda ko‘z yosh

Chiyillagan baraban pichirlaganda

Takrorlarkan ismingni

Hushtaklar orasida nafasi bo‘g‘ilib

Men tuyaman har bir zarbani

Tovushdek, chayqalishdek

Ko‘tarilib tushadigan suvdek ovozingni.

Har bir elkadagi

Tez fursatda tug‘iladigan

Shikoyatga monand tebranish seni chorlaydi.

Barglar so‘zlashadi

Jumboqli yomg‘ir ta’mini beruvchi

Yashirin rang-barang ohang

Shovqini o‘rtasidagi zabonda

Faqat shamolga yozilgan

Barcha tillardagi ibodatlardek

Faqat dengiz kuylaydigan ohangni

Yalang‘och oyoqlari bilan o‘padi zamin.

Teginarkanman endilikda senga

Sezaman qo‘llarimdagi so‘qmoq bo‘ylab

Qadam olishingni

G‘ordagi makoniga tushib sokin oqadigan

Yassi tog‘lar o‘rtasidagi sho‘rsuvdek

Sayohatingni

Yurgancha davom ettirayotganingda

Barcha qizlaringni kutishayotganda

Kimdir yo‘ldan topganida

Sen qolasan.

Men seni eshitaman

Choshgoh paytida esa

Odamlar unutishga chog‘lanishganda

Tutunni faqat kunduzi ko‘radigan

Barcha onalarning ko‘zi ochiladi

Qaytib samo sari ko‘tarilmaydigan

Alangalar orasidagi kun

Kun… boshqa kun

Majaqlangan tanalarga

Sening, mening tanamga , har biriga

Yuzini bosishni bilmay kirib boradi

Sahro taftida qorayib

Ular kulga aylanmagunlarigacha.

Sen xanuz tiriksan

Ular…

Ularni nom qo‘yib atay olmayman

Boisi chetda turganlarga

Izlashdan tolmayotganlarga

O‘lik ekanliklarini

Dafn bo‘lganliklarini

Yo‘qolganliklarini  bilishsa-da

Shu so‘nish oralig‘ida

Tirik ekanliklariga ishonadiganlarga

Naxuales kabi kech tushishin kutmoq

Salom yubormoq uchun

Tanalarida ularni asar yo‘q yuzdan.

Izohlar:

Naxuales- Lotin Amerikasidagi atsteklar mifologiyasidagi avliyolikka daxldor shaxs.

Tonaksochilko- Lotin Amerikasidagi atsteklar mifologiyasidagi zaminni mo‘l-ko‘l qilib yaratgan Xudo.

 Axueuete- daraxtning nomi

Fumarola- vulqon yon-bag‘ri

Kuauksochitl- Lotin Amerikasidagi atsteklar mifologiyasidagi muqaddas tosh.

Ingliz tilidan Sherzod Ortiqov tarjimasi

Javob yozing

Izoh yozing
Ismingizni kiriting