Ushbu notijoriy tanlov bir qator ijodkorlar tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Tashkilotchilar adabiy asarni real va noreal nasrning barcha janrlarida rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan holda yangi iqtidorli mualliflarni izlaydi.
Joriy yildagi tanlov yozuvchi, shoir, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, rus adabiyoti bo‘limi rahbari Vladimir Germanovich Vasilyev xotirasiga bag‘ishlanadi.
Tanlov mavzusi erkin. Tanlovga real yoki noreal nasrning istalgan janridagi hikoyalar qabul qilinadi; ocherk, maqola, esse, insho, qatra, hujjatli memuar asarlar qabul qilinmaydi. Hikoyada albatta syujet, g‘oya, qahramonlar bo‘lishi shart. Hikoyalar rus va o‘zbek tillarida qabul qilinadi.
Tanlov qoidalari
Tanlovga qatnashish uchun ishtirokchilarning yoshi, jinsi, kasbi, tajribasi ahamiyatga ega emas. Bir muallifdan real yoki noreal janrda yozilgan bitta hikoya qabul qilinadi.
2018 yilda o‘tkazilgan “Suv — bebaho ne’mat”, 2019 yildagi “Marvarid o‘lkam”, 2020 yilda o‘tkazilgan “Koinotdek sarhadsiz — inson!” tanlovlarida ishtirok etgan asarlar tanlovga qabul qilinmaydi.
Tanlovga jo‘natiluvchi asarlar “.DOC” formatida, Times New Roman shriftida, 12 kegelda yozilgan bo‘lishi, matn hajmi Microsoft Word hisoblagichi bo‘yicha probel (oraliq)lar bilan birga 4 000 belgidan 20 000 belgigacha bo‘lishi lozim, bu taxminan A4 formatdagi 1-5 sahifa matnni tashkil etadi.
“.Pdf” formatida jo‘natilgan matnlar qabul qilinmaydi!
Matnlar bezaklar va suratlar kiritilmagan holda jo‘natilishi shart!
Alohida faylda jo‘natilgan mualliflik bezaklari ma’qullanadi, ulardan kelgusida almanax tayyorlashda foydalanilishi mumkin, biroq ular asarning baholanishiga ta’sir qilmaydi.
Asarlarni rasmiylashtirish tartibi
“Mavzu” qatoriga quyidagilar yoziladi:
muallifning ismi-sharifi.
asarning sarlavhasi.
Matn yozilgan fayl xatga qo‘shiladi.
Asarning matni xat ichiga ko‘chirilmasligi lozim!
Jo‘natiluvchi faylning nomi asar nomi bilan bir xil bo‘lishi kerak.
Hikoya matnidan oldin quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
muallifning ismi, otasining ismi, sharifi (agar bor bo‘lsa, taxallusi ham yoziladi);
tug‘ilgan yili;
yashash joyi.
elektron pochta manzili;
telefon raqami.
O‘zbek tilidagi asarlar quyidagi elektron pochtaga jo‘natilishi kerak:
tanlov2021@mail.ru yoki telegramdagi @nodirabegim_bot manziliga.
Rus tilidagi asarlar quyidagi elektron pochtaga jo‘natilishi kerak:
konkurs.azia@gmail.com
Tanlovga quyidagilar qabul qilinmaydi:
Imlo xatolari bilan yozilgan hikoyalar; ochiqdan-ochiq yoki zimdan zo‘ravonlikka undovchi, diniy, milliy yoki siyosiy ixtiloflarni targ‘ib qiluvchi, beadab iboralar va shahvoniy tasvirlar mavjud bo‘lgan hikoyalar.
Jo‘natilgan hikoyalarning tanlov shartlariga mos kelish-kelmasligini tanlov moderatorlari aniqlashadi.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
Asarlar qabuli boshlanishi: 2021 yil 10 may.
Asarlar qabulining tugashi: 2021 yil 30 sentyabr.
Hakamlar ishining boshlanishi: 2021 yil 1 oktyabr.
Hakamlar ishining tugashi: 2021 yil 31 oktyabr.
G‘oliblar 19 noyabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida o‘tkaziladigan tantanali marosimda e’lon qilinadi.
Tanlov hakamlari:
Rus guruhida:
Raim Farxadi – yozuvchi, tarjimon, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Badiiy akademiya a’zosi, Yozuvchilar uyushmasining rus adabiyoti bo‘limi rahbari
Galina Dolgaya – adiba, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Xalqaro yozuvchilar gildiyasi a’zosi, Yozuvchilar uyushmasining rus adabiyoti bo‘limi rahbari o‘rinbosari
Elmira Aleynikova – adiba, jurnalist, tarix fanlari nomzodi
Yelena Dolgopolova – «Zvezda Vostoka» jurnali muharriri, falsafa fanlari nomzodi
Rena Vixrova – falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Lola Alimova – filolog, rus tili va adabiyoti muallimi
Aleksandr Svistunov – fantast-yozuvchi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, rus adabiyoti bo‘limi maslahatchisi
O‘zbek guruhida:
Uzoq Jo‘raqulov – adabiyotshunos, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ona tili va adabiyoti universiteti professori
Abduqayum Yo‘ldosh — yozuvchi, tarjimon, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
Sirojiddin Rauf – shoir, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri
Maryam Ahmedova – tarjimon, shoira, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
Risolat Haydarova – adiba, tarjimon, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
Nurilla Chori – yozuvchi, “Yoshlik” jurnali muharriri, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
Nodirabegim Ibrohimova – adiba, jurnalist, tarjimon, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
Tanlov moderatorlari:
Galina Dolgaya
Nodirabegim Ibrohimova
Tanlovning axborot hamkorlari:
«Russkoye slovo» sayti
Nodirabegim.uz sayti
«Zvezda Vostoka» jurnali
«Sharq Yulduzi» jurnali
«Ledi» gazetasi
«Bekajon» gazetasi
Tanlovga yuborilgan hikoyalar rus tilida feysbuk tarmog‘idagi «Konkurs rasskazov 2021» sahifasida, o‘zbek tilida esa “Adabiy tanlov-2021” sahifasi hamda @adabiy_tanlov2021 telegram kanalida e’lon qilib boriladi.
Tanlovdagi sara hikoyalar “So‘z – bu ijodiy parvoz” nomli almanax kitobga kiritiladi.
Mualliflarning o‘z asarlarini tanlovga jo‘natishlari ularning so‘zsiz tanlov qoidalariga rozi bo‘lganliklarining isboti hisoblanadi. Muallif tanlov qoidalariga rozi bo‘lish bilan birga o‘zining asari yuqorida ko‘rsatilgan nashrlarda va almanaxda beminnat chop etilishiga, agar suratlar jo‘natgan bo‘lsalar, ulardan almanaxni bezatish uchun foydalanilishiga rozilik beradilar. Bunda mualliflik huquqi muallifning o‘zida qoladi!
G‘oliblarning hikoyalari O‘zbekiston Milliy universiteti kafedrasidagi tarjimonlar tomonidan tarjima qilinib hamkor nashrlarda, shuningdek almanax kitobda nashr qilinadi.