Tagrid Bou Merxi — arab shoirasi, yozuvchisi va tarjimoni. Livanda tug‘ilgan. Ayni paytda Braziliyada yashaydi. Mutaxassisligi bo‘yicha yurist. “Agarid” arab adabiy jurnalining tarjima bo‘limi ma’suli va “Al Arabi” jurnalining muharriri. “Agareed Al-Shawq”, “The Keys of Science” kabi kitoblari chop etilgan.
1.Istakdan nima naf?
(What is the benefit of wishing?)
Unga yuzlanaman
Nima naf deb istakdan o‘zi
Ega bo‘lmasa ma’no-mazmunga so‘zlar?!
Biz ahdlashgan mahal
Hasratga sho‘ng‘ib, vazminlik bilan
O‘zaro qilingan muqaddas ahdga
Ko‘zga tashlanmadi hech
Sadoqatdan unda asar ham.
So‘rab-surishtirmadi hech
Manbasin haqda
Na qayg‘um, na xo‘rligimning
G‘amxo‘rlik qilmadi hech
Qalbim haqda ham
Iztiroblarga chora topgancha
Malham tutib undagi jarohatlarga.
Vafoda shunga qaramay
Sobit qoldi yuragim har gal
Bor gap endi
Unutmasligi-da uni hech qachon
Qalbimdagi yara-chi
Meni tinch qo‘ymas…
Shu o‘rinda his qilaman
Ahdu-paymondan so‘ng
So‘z ustidan chiqmaslik xuddi
O‘xshashini tish oldirishga
Yoxud tashlanmoqqa tig‘da chopilib.
2.Shu’la sochib turgan nurlar
(Sparkling lights)
Uni sevaman
Bolaligimdan beri
Eng chiroyli nurlar
Unda sochib turadi shu’la.
Aqldan ozdirgan payti ehtiros
Qorachig‘imda jimirlaydi yosh
Va tasavvurim ishga tushadi nogoh.
U go‘zalroqdir
Jasmin gulidan hatto
Hasrat bog‘ini mudom
Mast qiladi ifori bilan.
U gavdalanar
To‘lin oy misol
Yopib qo‘ymoq uchun
Ko‘zlarimiz o‘rgangan oyni.
3.Men bilmayman
(I do not know)
Qayta tutqunlikka
Hozirlik ko‘rmoqda yurak
Bunga ne sabab?
-Bilmaymanda o‘shani.
Yonimdan o‘tib ketsa ham soya
(Tasavvur qilaman)
Sarosima unga oralay boshlar…
So‘ylay qol, qani
So‘rab- surishtirmasdan
Hayotimga qanday kirganing haqda
Tinglagin meni
Javob berishga shaylanmay turib.
Tuymoqdasan-ku lazzat
Senga qaramligim tufayli
Va cheklashingni qara sabrimni
Uning paymonasi to‘lgan bir mahal.
Sekinroq…
Yurak toblanib ulgurgan
Unda qolgan na biror bir asror.
Kirib kelarkan bu ishq
Qutqazar shoyad
Sho‘rlikni u cheklovlardan.
Ingliz tilidan Sherzod Ortiqov tarjimalari