Emili Granados – lotin amerikalik yosh ijodkor va aktrisa. 1994-yilda Meksikada tug‘ilgan. UNAM universitetining Ispan tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olgan. Hozirda maktabda bolalarga ta’lim beradi.
I
Bu yer qo‘rqinchli —
Bizning dunyo haqda
Tasavvurimiz bor antiqa va takrorlanmas.
Arboblarmiz ongsiz va nafis
Menmal o‘shal-repititsiyalarsiz yashovchi
O‘z dahshatlarini yerga ko‘madigan
Zulmat cho‘qqisidagi
Yalang‘och va bo‘m bo‘sh.
Tiriltirar uni tebratib shamol
Men uchun yashirin
Kichik olovdek.
Kipriklarim raqs tushar
Ko‘rmayman hech kimni lekin
Kimsa yo‘q yonimda
Yolg‘izman.
Yog‘och cho‘plarda qolgan
Shirin izlar
Tahlikali bolaligim olovi…
Va qorong‘u ko‘chalar
Va ortga qaytmagan dadam
Va omonatin topshirgan buvim
Va keng shimlarim
Va Opits* sindromi
Va bobom so‘ygan qo‘ylar.
Bular xavfsizdir
Bolalikka men qaytib
O‘ylasamgina bola bo‘lganimni
Har birini yoddan chiqarib.
I I
Orzularni qo‘msaydi
Sumka to‘la olmos tuhfalar
Zumda o‘tib ketgan vaqt aro
Oh, o‘tib ketgan vaqt aro!
Men to‘xtashni istayman
Shunda anglolmay
O‘ksinaman, o‘ksinaman
U qanday lahza ediki
Yigirma beshgacha keldim-da yetib
Va yo‘qotdim
Tug‘ilish va yo‘ldagi
Barcha talab qilingan narsalarni.
His qildimki
Berkitilgan irodam sabab
Balandroqqa jami ahdlardan
Dunyo yangi
Men ham yangiman.
III
Masxaraboz burnim ichra
Berkitilgan asrlarga tatigulik
Xosiyatsiz tushlar
Oilam kimligini bilmay
Vujudimni toptagan yuzlar
Bir kunga men ilk bora borgan
Shahardagi minglab chiroqlar
O‘limgacha takrorlanmas narsalar
Olovdek sovurilgan ibodatxonam
Va barcha dargumonligim ko‘chgan
Uch boshli mahluqning
Yurishlari aks etgan varaqalar.
IV
U yerda tepada —
Tashqi qatlamning har burchida yolg‘iz
Har chiqargan nafasida
Ichga yutib
Yig‘i va ishq ko‘z yoshlarini
O‘zga samolarga quvvat
Beradigan bular barchasin
Uloqtirdim qora bo‘shliqqa.
Sug‘urib oldim jasoratni
Huddi shunday harakat bilan
Otib yubordim
Hayvondek yalab jarohatimni
Sokin kechalarda uvladim go‘yo.
U yerda yo‘q edi birov
Va bo‘lmas ham
Men edim faqat
Pinhonlik cho‘qqisida.
Bir o‘zim edim
Tashlanmasdim
Insoniyatning ko‘ziga.
*Opits sindromi — asosan ayollarda uchraydigan noyob xromasoma kasalligi
Ingliz tilidan Nodirabegim Ibrohimova tarjimasi.