Emilio Pas. She’rlar

0
838

Emilio Pas 1990 yil Peruda tug‘ilgan. Din va falsafa bo‘yicha professor. Ijod namunalari Chili, Argentina, Venesuela, Kolumbiya, Braziliya, Meksika, AQSH, Ispaniya, Hindiston va boshqa davlatlarda chop etilgan. «Kametsa» jurnalining muharriri. “Sokin sentyabr”, “Labirint ash’or”, “Haydalganlar balladasi” nomli kitoblari chop etilgan.

Yettinchi kuy

Yuragingni yashirgan

Ko‘ksing uzra men

Topgan  edim ofiyat.

Afsus, uyda emas endi

Biz yo‘qotgan muhabbat.

Bunda qushlar qo‘rqmas

Bashafqat ovchilardan,

Qalbimni asrar edi

Dunyoying yomonlardan.

Kaftlaring orasida

Xudo achinar menga

Va mayin so‘zlar asta

Ajdodlarim haqida.

Momo Havo surgun emas

Beayb ham emas, xo‘sh

O‘ylarim manbasi ana-

Sen pishirgan yumshoq go‘sht

Va oliyjanob tuyg‘ular.

Cho‘lda tug‘ilgan chinnigul –

Topgandim ko‘zlaringdan,

Va farishtalar kuylagan

She’riy tuyg‘ularingdan.

Sening porlovchi borlig‘ing,

Mening ongimdagi o‘ylar —

Topar edi olamdan nur,

Intizom va nozik hislar.

Sen shu yerdasan,

Qo‘rquvlarim-la qabul qilib

Qon chiqarmay bo‘g‘zidan

Nafasi to‘xtaydigan

Qush bo‘lishimga izn berasan.

Hecham ketma, sira o‘lma,

O‘zligingdan aslo kechma,

Azizim.

O‘rgimchak

O‘rgimchak — bu sakkiz oyoqli she’r.

Har oyog‘i bayt.

Har bayti qurbon.

Har qurboni sukunat.

Pinokkio

Pinokkio yog‘ochdan yasalmagan,

U orzulardan yaralgan

Uning ismi qumga

Va quyma temirga yozilgan.

Ajib paradoks.

Pinokkio o‘layotgan odamning

Mangu orzusi edi.

Abadiylik

Erkak vaqtincha bo‘lishi mumkin —

Huddi daryodek,

Go‘yoki ko‘ldek,

Yana homila kabi,

Ba’zan yulduzdek,

Yo bo‘shliq va majvud.

O‘z qo‘llari bilan vaqtga kishan u.

Ammo odam intilar abadiylikka,

Vaqtni to‘xtashiga izlaydi imkon.

U Xudo bo‘lsam deydi,

Lekin cheksizdir sukunat.

U o‘ziga ko‘zguda boqarkan

Oy yuzida yotgan oroyishdek

Zo‘riqib qilar ibodat;

sening nabiralaring ko‘rajak

o‘sha ko‘xna Quyonga.

Erkak parabola va murvat o‘ynar,

Yechilishi mumkin bo‘lgan sir izidan.

Mangulikka intiladi u

Sevib va she’r bitib,

Huddi go‘zallik yaratuvchisidek,

Donishmandlar ustozidek.

Erkak she’riyatda abadiylik topgay.

Biz

Sen va men o‘lim tobutlarimiz,

Yana yonarqurtning mayoqlarimiz.

Biz toshqin va qurg‘oqchilikmiz,

Sayyora muammolari sintezimiz.

Biz issiqmiz, biz sovuqmiz,

Biz tepamiz, biz pastmiz.

Sen va men akvarelning yo‘qolgan manzarasimiz,

Bolalarning qontalash qalbidan

Bo‘yalgan devorlar buyurtmasimiz.

Bizlar o‘lim tobutlarimiz,

Unutilgan ovozni uloqtirgan so‘zmiz.

Biz yashashni tanlagan vatanmiz.

Ingliz tilidan Nodirabegim Ibrohimova tarjimasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting