F.KAFKA. Kichik hikoyalar

0
844

Pastkashlar hamdo‘stligi

         Qachonlardir pastkashlar hamdo‘stligi bor edi, to‘g‘rirog‘i ular pastkashlarmas, oddiy odamlar edilar. Ular doimo bir-birlarini qo‘llab turishardi. Agar, misol uchun ulardan biri begona, ularning birlashmasiga tegishli bo‘lmagan biror kimsani pastkashlik qilib, baxtsiz qilsa, demoqchi bo‘lganim, bu yerda hech bir pastkashlik yuz bermay, hammasi qabul qilingani kabi oddiygina amalga oshirilsa, va so‘ngra hamdo‘stlik oldida istig‘for keltirsa, ular buni muhokama qilishardi, bu to‘g‘risida fikrlarini bayon qilishar, jazo tayinlashar, kechirishar va shu kabilar. Hech kimga yomonlikni ravo ko‘rishmasdilar, ayrim shaxslar va birlashma manfaatlariga qat’iy rioya qilinardi va istig‘for keltirayotganning pinjiga kirib: “Nima? Shunga xafa bo‘layapsanmi? Sen hammasini nazarda tutilganday bajarding, qilishing zarur bo‘lganday qilding. Qolgan barchasi tushunarsiz edi. Sen shunchaki juda asabiylashmoqdasan. O‘zingni tutib ol!”. Shunday deb ular bir-birlarini doimo qo‘llashardilar, hatto o‘lganlaridan keyin ham hamdo‘stlikdan chiqib ketmasdilar, balki doira bo‘lib kuylashib, falakka ko‘tarilishardilar. Umuman, ularning uchishlari bolalarcha begunohlikni ko‘rsatganday edi. Modomiki ko‘kning oldida hamma narsa o‘zining qismlariga bo‘linib ketar ekan, ular chinakamiga tosh palaxsalari bo‘lib yog‘ilishardi.    

Temiryo‘l ulovi yo‘lovchilari

         Mobodo, bizga oddiygina o‘tkinchi odmi odamlarga qaraganday qaralsa, biz uzun temiryo‘l tunnelida, ustiga-ustak boshi va oxiri borligi to‘g‘risidagi ishonchni chilparchin qiladigan, boshidagi yorug‘lik ko‘rinmas, oxiridagi yorug‘lik nuri esa shu qadar nursizligidan nigoh uni topgan mahal yo‘qotib qidirib qoladigan joyda halokatga uchragan yo‘lovchilar ahvoliga tushganga o‘xshaymiz. Atrofimizda tuyg‘ular taloto‘pidanmi, yo ularning yanada chuqurlashganidanmi, ha yana, kayfiyatga va og‘riqqa bog‘liq holdami, koleydoskopdagi kabi bir o‘ziga rom qilguvchi ham, charchatadigan o‘yin kabi biz faqat bir yovvoyilarni ko‘ramiz.

Don Kixot

         1917 yil 19 oktyabr: Sancho Pansaning emas, Don Kixotning baxtsizlikni tassavvur etolmasligi.

         1917 yil 20 oktyabr: Sancha Pansa, har qalay  hech bir o‘zini nomoyon qila olmagan odam, uzoq yillar davomida tunni-tun, kunni-kun demay, ko‘plab ritsarlik va qaroqchilar to‘g‘risidagi romanlar yordamida o‘z shaxsidan o‘zining shaytonini shu qadar quvib solishga muvaffaq bo‘ldiki, keyinchalik unga Don Kixot deb nom berdi va u hech bir kurakda turmaydigan sanoqsiz telbanoma kirdikorlarni amalga oshirdi, biroq, keyingisi aynan Sancha Pansa bo‘lishi kerak bo‘lgan ob’yekt bo‘lsada, hech kimga ziyon-zahmat keltirmadi. Ozod inson, Sancha Pansa esa, to‘liq ruhi tetikligi, baqadrihol, ma’lum javobgarlik hissi bilan Don Kixotning barcha yurishlarida hamrohlik qilar, va shu tariqa o‘lguniga qadar yaxshigina ham foydali ermakka ega bo‘lgandi.

         22 oktyabr tongi soat 5: Don Kixotning o‘ta muhim qahramonliklaridan, shamol tegirmoni bilan olib borilgan jangdan-da yanada sabotlirog‘i —  bu joniga qasd qilishi edi. O‘lik Don Kixot, o‘lib yotgan Don Kixotni o‘ldirishni istaydi; ammo buning uchun unga qilichi bilan shu qadar uzluksiz, shu qadar umidsizlik bilan qidirgani hech bo‘lmaganda bir tirik bo‘lakcha kerak edi.  

         Bu mashg‘ulotda asrlar osha ikkala o‘lik ham ajralmas tarzda chirmashib ag‘darilib yotadi.

Rus tilidan O‘ktam Odilov tarjimasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting