Zulm va muhabbat. Qissa

0
1089

Muallif: Nodirabegim Ibrohimova.

Parcha:

Saroyga oyga kelganimga ko‘p bo‘lmadi. Bu yerning havosi bo‘ynimdan ilon kabi bo‘g‘adi. Har lahza atrofimdagi ko‘plab juvonlarning menga dushmanona boqishlari, ba’zilarining esa achinib qarashlariga duch kelaman. Xaramda mendan yoshi katta va kichik qiz-juvonlarni uchratish mumkin. Eng yangisi men bo‘lsam kerak… Boisi boshqalar bu yerga ko‘nikib ketgan, menga o‘xshab bir burchakka biqinib o‘tirishmasdi. Ismim Zubayda, yaqinda o‘n yettini to‘ldirdim. Bibim yaxshiki menga o‘qishni o‘rgatgan ekan: shu yolg‘iz ovunchog‘im. Xaramda kitob mutolaa qiladigan kaniz kam. Kitob javonida chiroyli qilib terilgan turli tuman asarlarni o‘qib, xayollarimdan chalg‘iyman. Xaram tashqaridan kichik hamda rangsiz ko‘rinsada, ichi ancha keng, yorug‘, naqshinkor va sehrli ekan. Ko‘rgan kishining og‘zi ochiladi. O‘rdani Zarrinsaroy deb ataydilar. Xonning padari Amir Umarxon qurdirgan bu o‘rda Xo‘qand markazida edi. Yetti uxlab bu yerga kelib qolishim tushimga kirmagan edi. Taqdirimga yozug‘lik shu ekan: meni saroy xoniga atashgan… Baxtimga xon ayni vaqtga betobligi tufayli tabib kuzatuvida emish. Tabib xonga ayollar ila uchrashuvni ma’n etibdi, deyishdi xaram ayollari. Madalixon… o‘ttiz beshlar chamasindagi xonning shariatga zid ahloqi xususinda ko‘p gaplar eshitilar edi. Mohlaroyimdek dilbar g‘azallar yozguvchi mo‘tabar zotning farzandi bu kunga kelib xonlikda o‘z mavqe va e’tiborini yo‘qotdi. O‘n olti yoshidan beri taxtda o‘tirgan xonni bir vaqtlar o‘n sakkiz hunar sohibi, she’rlar bitgan hattot ham bo‘lgan deyishardi. Nechukdir, hozir xon maishatdan bo‘shamas, Xo‘qandga ham ko‘z tekkandek edi… Xon uzoq vaqt to‘shakda mixlanib yotsinu, men ham umrimni o‘tkazib yuboray, toki eskirgan qariqizni xonga taqdim etmasinlar, deb iltijo qilaman. O‘tmishni eslash maroqli yumush. Zero kitob o‘qishdan to‘xtaganimda qiladigan yagona yumushim ham xotiralarni yot etish ila o‘tadi. Bolaligim, marhum otam, er etib ketgan onam, mehribon bibim, Nizomjon… Bir burda nonini qo‘shnilar bilan baham ko‘radigan hamsoyalarimizni eslayman. Ular ham aytishardi-ya “Illo xonning yugurdaklari nazariga tushma, qizim”, deb. O‘zim aybdorman.
(Yuqorida qissaning to‘liq variantini PDF shaklda yuklab oling.)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting