Afsonaviy ertakchi aslida kim bo‘lgan?

0
1042

390 yil oldin “Qizil qalpoqcha”, “Zolushka”, “Ko‘ksoqol” kabi mashhur ertaklar dunyoga keldi. Yozuvchi bu hikoyalarni umrining so‘nggi yillarida yozgan. Ungacha esa Sharl Perro Fransiyaning nufuzli amaldorlaridan biri edi.

“Men 1628 yil 12 yanvarda egizaklardan biri bo‘lib dunyoga kelganman. Mendan bir necha soat avval tug‘ilgan egizagim olti oydan so‘ng vafot etgan”, deb yozgandi Sharl Perro o‘z xotiralarida. Bu oiladagi barcha aka-ukalar Lyudovig XIV davrida ijtimoiy hayotda muhim rol o‘ynashgan.

O‘n yettinchi asrda Fransiya har tomonlama: san’at, ilm, sanoat, harbiy tizim jihatdan yuksak darajada edi. Qirol – Yevropadagi eng nufuzli insonlardan biri hisoblanardi.  Lyudovig XIVning o‘ng qo‘li bo‘lgan Jan Batist Kolber davlat boshqaruvini noldan boshlab shakllangantirgan shaxsdir. Kolberning o‘ng qo‘li esa Sharl Perro edi.

Pero ham o‘z o‘rnida katta kuchga ega bo‘lgan. Uning mas’uliyati quyidagilardan iborat edi:

*Qirollik qurilishi intendantligining bosh sekretari. Juda muhim lavozim bo‘lib, o‘sha davrlarda Luvr muzeyi, Versal saroyi bunyod etilgan. Uning qurilishiga Sharl Perro bosh bo‘lgan.

*Qirollik shon-shuhrati byurosi”ning amaldagi boshqaruvchisi. Keyinchalik byuro kichik akademiyaga aylantirilgan. Uni tashkil qilish uchun Lyudovik XIV 1664 yilda shaxsan o‘zi Perro bilan uchrashgan.  

*Madaniyat bo‘yicha kotib. Perro adabiyot olamini ham kuzatib borardi.

*Gobelen ustalari nazoratchisi. Garchi oddiy lavozimdek ko‘rinsada, ammo o‘n yettinchi asrda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Gobelenlarning mahsulotlari o‘sha davrning eng zamonaviy texnologiyasi bo‘lgan. Fransuz gobelenlari global brend sanalgan, chet elga eskport qilinib davlatga katta foyda keltirgan.

*Kolberning shaxsiy kotibi. Bu Perroning asosiy yumushi edi. U boshlig‘ining barcha buyruqlarini ado etardi. 1666 yilda Kolber adabiyot ahli uchun 100ming livr summaga ega fond takkil qildi, uni Perro boshqardi. Fond pullari nafaqat fransuzlar, balki xorijiy yozuvchilar uchun ham ajratilgan. Shuningdek, dunyo olimlari ham Parijda ishlashga jalb etilgan.  

Perro mas’uliyatli va sharafli lavozimlardan bo‘shab, nafaqaga chiqqandan so‘ng ertaklar yozishni boshlagan. Ilk ertagi 1691 yilda chiqqan, eng mashhur to‘plami “Ona g‘oz ertaklari” esa 1697 yilda nashr qilingan. Akademik Sharl bularni haqiqiy adabiyot deb hisoblamas, hatto muallif sifatida ismini ham ko‘rsatmas edi. Barchasini o‘g‘li Pyer de Armankuru-Perro taxallusi ostida e’lon qilardi. Uning kitoblari qirolning aziz jiyani — malika Orleanskiyning sevimli asarlari edi. Afsuski, Sharlning o‘g‘li armiyada halok bo‘ladi. Uning ismi bilan chiqarilgan kitoblarning asl nusxasi haligacha saqlanib kelinadi.

Sharl Perroning ismi bilan yozilgan kitoblar esa 1724 yilda, yozuvchining o‘limidan 21 yil o‘tgachgina chop qilingan.

Nodirabegim Ibrohimova tarjimasi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting