Taqrizlar

0
246

«Alanga ichidagi ayol» qissasi (Suad)

Bu kitob inson ko‘zida shukronalikni uyg‘otadi. Ayol o‘z hayoti va undagi erkaklarning naqadar vahshiy ekanligini ko‘rsatadi. Bu vahshiylik ayolning «sharmandachiligi» tufayli o‘limga ham olib keladi. Bir qizning ko‘ngil qo‘yishi, uning ota-onasi va mahalla-ko‘ydagilari xabardor bo‘lib shu darajada ayanchli ahvolga olib kelishini biz tasavvur ham qila olmaymiz. Yosh qizga qilingan tuhmatlar, unga berilgan azoblar yoshligini butunlay olib qo‘yadi. Ota-onasi uni hech qachon qabul qilmagan. Ota-ona mehr berolmasa qanday qilib u hayotdan umid qila olishi mumkin? O‘z yaqinlari uni o‘lishini ham kuzatib jimgina qarab o‘tirishadi. Ammo qiz juda jasoratli va oqila bo‘ladi. Hozirgi kunda bunday qizlarni topish va uning aqliga baho berish ham qiyin. Men ham asarni o‘qiganimda ayol zotiga qilingan zulm, unga otilgan tosh, yaqinlari tomonidan qilingan xo‘rliklarni ko‘rib ko‘zimga yosh keldi. Bugungi kunda barcha ayollar va erkaklar teng huquqliligi, o‘z erkinliklari borligiga shukur aytamiz.

10-«Ye» sinf o‘quvchisi Ahmedova Jasmina.

 

 

«Dunyoning ishlari» qissasi (O‘tkir Hoshimov)

O‘tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari» asari memuar qissa hisoblanadi. Bu qissada turfa xil taqdirlar aks ettirilgan. Kitobdagi «Gilam paypoq», «Oq oydin kechalar», «Tush», «Oltin baldoq», «Iltijo» kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi. Ularda o‘g‘li uchun har qanday mashaqqatga, jon fido qilishga tayyor, sharqona axloq odob qoidalarini o‘zida mujassam etgan ona madh etiladi. Qissa har biri o‘ziga mustaqil syujetli hikoyalardan tashkil topgan. O‘tkir Hoshimovning bu qissasi tarbiyaviy ahamiyatga ega. Barcha hikoyalar mazmuni ona obrazi tufayli yaxlitlik kasb etadi. Asar ortiqcha jimjimadorlikdan, maishiy tafsilotlardan holi. Bu qissa ulug‘ adibimiz Said Ahmad aytganidek «…dostondek o‘qiladi. Uni o‘qib o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz…» Onalarni madh etgan yozuvchi balki ona mehri tufayli bu qissani yozgandir. Ammo shuni bilamanki dunyodagi eng totli mehr bu ona mehridir…

7-«V» sinf o‘quvchisi Mamatqulova Aziza

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting