Antakya Muzeyidagi devorda yozilgan bu so‘zlar miloddan avvalgi 65-yilda vafot etgan buyuk faylasuf Senekaga tegishlidir.
- Pulga sotib olingan sadoqat, yana pulga sotiladi.
- Boshlangan har narsa bir kun tugaydi.
- Katta omad bu katta qullikdir.
- O‘lim, ba’zan jazo, ba’zan esa mukofot, ko‘pincha lutfdir.
- Yer yuzida quyosh nuriga loyiq bo‘lmagan odamlar ko‘p, lekin quyosh har kuni qaytadan chiqadi.
- Hayotni komediya deb o‘ylaydiganlar, so‘nggi hazil haqida ham o‘ylashlari kerak!
- Yashayapmiz, demak, hali umid bor.
- Oz narsaga ega bo‘lgan emas, balki, ko‘p narsa istagan faqirdir.
- Hayotni yo‘qotishdan ko‘ra yomonroq bir narsa bor, hayotning ma’nosini yo‘qotish.
- Agar unutmasang, kechirmasang uning dili og‘riydi. Yodingda bo‘lsin, kechirmoq va unutmoq faqatgina yaxshi insonlarning qasosidir.
- Ey hayot, sening bu qadar qadrli ekaning o‘lim soyasidandir.
- Unutmagin-ki, sen bilan birga bo‘lgan odamning o‘tmishini kavlashtirish, u bilan qurmoqchi bo‘lgan kelajagingni yo‘q qilishdan boshqa hech narsa emas.
- Odamlarni yaxshiroq bilish uchun, ularni sinashdan qo‘rqma; chunki yo‘qolishi kerak bo‘lgan narsa avvalroq yo‘qolgani yaxshi.
- Kim yoshligida ilm daraxti ekmasa, qarilikda dam oladigan soyani topa olmaydi.
- Yengil og‘riqlar gapirishi mumkin, ammo, chuqur og‘riqlar tilsizdir.
Alp Demir tarjimasi